Воскресенье, 29.09.2024, 02:11
Приветствую Вас Гость | RSS

QASHQIRLAR MAKONI PISTIRMA

Главная » 2011 » Февраль » 13 » Qashqirlarmi yoki..O'zbeklar?!fikrilani kutamiz
17:31
Qashqirlarmi yoki..O'zbeklar?!fikrilani kutamiz
Qashqirlarmi yoki..O'zbeklar?!
SAYTIMIZ ushbu sahifasida sizlar bilan birgalikda seriallar haqida suhbatlashishga qaror qildik. "Qashqirlar makoni”, "Jumong”, "Ishkomli uy”… biz seriallarning bu ro`yxatni uzoq vaqtgacha davom ettirishimiz mumkin. Lekin, shunga qaramasdan hozirgi kunda bu ro`yxatning salmog`i yanada ortib borayotgani barchamizga ma’lum. Ma’daniy hordiq sanaladigan bu seriallar bugungi kunda keng jamoatchilikni ayniqsa o`quvchilarni o`ziga jalb qilib kelmoqda. Bu esa bizni tashvishga solmay qolmaydi. Ushbu so`z bilan serial ko`rmang demoqchi emasmiz, aslo, bundan yiroqmiz. Lekin bugungi kunda "ko`rsa bo`ladigan” va "ko`rsa bolmaydigan” seriallar ham borligini aytib o`tmoqchimiz. Afsuslar bo`lsinki hozir "ko`rsa bo`ladigan” seriallardan ko`ra "ko`rsa bo`lmaydigan” seriallar ko`plab topiladi. Bu seriallar esa insonlar ongini zaharlash bilan bir qatorda ularga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Bugungi kunda yoshlarimizni olsak, ular o`zlari ko`rayotgan seriallarga shunchalik sho`ng`ib ketganlarki hattoki ularga taqlid qilishmoqda. Seriallardagi qahramonlarning hoh salbiy, hoh ijobiy bo`lsin ularning hatti-harakatlari yoshlar tomonidan taqlid qilinayotganiga ko`p bora guvoh bo`lmoqdamiz. So`zimizning isboti sifatida "qashqirlar makoni” serialini oladigan bo`lsak. Prodyusser Osmon Sinar tomonidan ishlangan ushbu serial yaqin kunlarda NTT kanalidan uzatilayotgan edi. Bu seriallar shunchalik mashxur bo`lib ketdiki har bir qahramoni hech kimni befarq qoldirmay qoldi. Jumladan bu serialdagi "Po`lat” obrazini oladigan bo`lsak. Go`yoki har tomonlama mukammal bo`lgan bu qahramon hammaning e’tiborini o`ziga jalb qildi desak mubolag`a bo`lmaydi. Shundanmi barcha yigitlarimiz shu qahramonga taqlid qilishmoqda. Masalan yigitlarimizning kiyinishlari gap so`zlari hattoki yurish-turishlarini ko`rib bu qahramonga taqlid qilishayotganlarini ko`rishimiz mumkin va beihtiyor Qashqirlarmi? yoki O`zbeklarmi? deging keladi.
Kuni kecha bir qiziq voqeaning guvohi bo`ldim. Zargarlik do`koniga kirgan edim u yerda qandaydir zargarlik buyumi xaridorlar tomonidan talash bo`layotgan ekan. Yaqinroq borib bu qanday buyum ekanligini ko`rmoqchi bo`ldim. Qarasam oddiygina erkaklar uzugi. Buni qanday qizig`i bor deb hayron bo`ldim. Keyin bilsam bu uzuk "Qashqirlar makoni”dagi Po`latning uzugi ekan. Bu uzuk do`kondagi sotuvchilarning aytishiga qaraganda hozirgi kunda eng ko`p sotilayotgan xaridorgir maxsulotlardan biri shu uslubda yasalgan uzuklar ekan. Uzukdan tashqari ushbu qahramonlarning kiyimlari urf bo`lganidan Turkiyadan matolar keltirilib kostyumlar tikib sotilyapti. Bundan ko`rinib turibdiki, seriallar insonlarni o`zgartira olar ekan. Shularni o`ylab ko`rgan holda rejisyorlarimizdan kitobga, ilmga qiziqtiradigan filimlar suratga olishlarini, umuman film milliylikka xos bo`lgan, uni ko`rganlarda yaxshilik uyg`ota oladigan filmlarni ishlashlarini so`raymiz shundagina "Qashqirlarmi yoki O`zbeklar?” deya ajablanmaymiz.
Просмотров: 3063 | Добавил: izzattilla | Рейтинг: 3.0/5
Всего комментариев: 2
2 Cahit  
0
e tupoy seni tentak uzbek filmlaringdan yahwiroq iwlangan kenongni manosi yug ulaman sevandan bowqasiga utmaydi tupoy iwlasin tarihi kenolarni boburnikini amir temurni konularını qaerdagi tupoy davlatga topwirmay

1 Firdavs  
0
я хочу стать твои друг

Имя *:
Email *:
Код *:
BIZNING SAVOL
Оцените мой сайт
Всего ответов: 28
STATISTIKA

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
KIRISH FORMASI
QIDIRISH
KALENDAR
«  Февраль 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28
Архив записей